"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 23-iyul
Iyul 23, 2025. 07:06 • 37 soniya
• 71

Yilning 204-kuni. Yil yakunlanishiga 161 kun qoldi
Ushbu sanada O'zbekistonda:
1999-yil: O'zbekiston va Ozarbayjon hukumatlari o'rtasida "Geodeziya, kartografiya, kadastr va Yerni masofadan zondlash sohasida hamkorlik to'g'risida"gi bitim imzolandi.
2012-yil: O'zbekiston Prezidenti Janubiy Afrikaning energetika va kimyo bo'yicha "Sasol" kompaniyalar guruhi prezidentini qabul qildi.
2019-yil: O'zbekiston Prezidenti raisligida kichik biznes va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.
2020-yil: O'zbekiston Prezidenti videoselektor yig'ilishi o'tkazdi. Unda qishloq va suv xo'jaligidagi iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish va bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish bo'yicha belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.
2021-yil: O'zbekiston Prezidenti raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari bo'yicha videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.
Jahonda:
- Misrda "Inqilob kuni";
- Indoneziyada "Bolalar kuni".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Italiyada yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasi e'tirof etildi
Davlat ramzlari – mustaqillik timsoli, farovon hayot garovi!
Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi
O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni AQShda keng nishonlandi