"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 23-may
May 23, 2025. 00:48 • 2 daq
• 55

Yilning 143-kuni. Yil yakunlanishiga 222 kun qoldi
Ushbu sanada O'zbekistonda:
1996-yil: Latviya Prezidenti rasmiy tashrif bilan O'zbekistonda bo'ldi. Tashrif davomida "Fuqarolik, mehnat, oilaviy hamda jinoiy ishlar bo'yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to'g'risida"gi shartnoma, "Temir yo'l transporti sohasida hamkorlik to'g'risida", "Madaniyat va san'at sohasida hamkorlik to'g'risida", "Aloqa sohasida hamkorlik to'g'risida", "Investitsiyalarni o'zaro rag'batlantirish va himoyalash to'g'risida" va "Bojxona ishida o'zaro yordam to'g'risida"gi bitimlar imzolandi.
2003-yil: O'zbekiston Prezidenti Namangan viloyatiga tashrif buyurdi.
2006-yil: O'zbekiston Prezidenti Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo'mitasi boshqaruvi raisini qabul qildi.
2011-yil: O'zbekiston Prezidenti BMT Bosh kotibining o'rinbosari, BMT Taraqqiyot dasturi rahbarini qabul qildi.
2017-yil: O'zbekiston Prezidenti "O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong'in-qutqaruv bo'linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorni qabul qildi.
2022-yil: O'zbekiston Prezidenti raisligida sportni ommalashtirish va iqtidorli sportchilarni tayyorlash chora-tadbirlari bo'yicha videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.
2023-yil: O'zbekiston Prezidenti ijtimoiy muassasalar va davlat idoralarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish holati bo'yicha taqdimot bilan tanishdi.
Singapur Prezidenti davlat tashrifi bilan O'zbekistonga keldi.
2024-yil: O'zbekiston Prezidenti farmatsevtika tarmog'ida erishilayotgan natijalar va istiqbolli rejalarga oid taqdimot bilan tanishdi.
Davlatimiz rahbariga sport ta'limini rivojlantirish va xalqaro musobaqalarni o'tkazish rejalari bo'yicha axborot berildi.
Jahonda:
- Ozarbayjonda Ekologiya va tabiiy resurslar vazirligi xodimlari kuni;
- Tojikistonda "Yoshlar kuni";
- Germaniyada Konstitutsiya qabul qilingan kuni.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tailandda davlat ramzlarining ahamiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi
Umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Italiyada yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasi e'tirof etildi
Davlat ramzlari – mustaqillik timsoli, farovon hayot garovi!
Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi