"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 25-may
May 25, 2025. 07:40 • 49 soniya
• 82

Yilning 145-kuni. Yil yakunlanishiga 220 kun qoldi
Ushbu sanada O'zbekistonda:
1992-yil: O'zbekiston va Yaman o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatildi.
1994-yil: O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasida "Havo qatnovi va havo transporti sohasida hamkorlik qilish to'g'risida"gi hukumatlararo bitim imzolandi.
1998-yil: O'zbekiston va Urugvay o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatildi.
2004-yil: O'zbekiston Prezidenti Andijon viloyati xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasida qatnashdi.
2017-yil: O'zbekiston Prezidenti Turkiya Bosh vaziri o'rinbosarini qabul qildi.
2020-yil: O'zbekiston Prezidenti transport sohasining barqaror ishlashini ta'minlash va izchil rivojlantirish masalalari bo'yicha yig'ilish o'tkazdi.
2021-yil: O'zbekiston Prezidenti o'simliklarni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari bo'yicha yig'ilish o'tkazdi.
2022-yil: O'zbekiston Prezidenti raisligida maktab ta'limidagi islohotlarning borishi muhokama qilindi.
2023-yil: O'zbekiston Prezidenti Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining o'ttizinchi yig'ilishida videoaloqa orqali ishtirok etdi.
Jahonda:
- "BMT Bosh Assambleya tomonidan 25-31-may kunlari O'zini-o'zi boshqarmaydigan hududlar xalqlari bilan birdamlik haftaligi deb e'lon qilindi";
- "Jahon futbol kuni";
- Argentinada "May inqilobi kuni";
- Iordaniyada "Mustaqillik kuni";
- Turkmanistonda "Ashxobod shahri kuni";
- Rossiyada "Filologlar kuni".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tailandda davlat ramzlarining ahamiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi
Umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Italiyada yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasi e'tirof etildi
Davlat ramzlari – mustaqillik timsoli, farovon hayot garovi!
Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi