Logo

"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 26-may

May 26, 2025. 07:04 • 2 daq

57
"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 26-may

Yilning 146-kuni. Yil yakunlanishiga 219 kun qoldi

 

Ushbu sanada O'zbekistonda:

1994-yil: O'zbekiston Prezidenti Buyuk Britaniya savdo va sanoat davlat vazirini qabul qildi.

1997-yil: Toshkentda Amerika-O'zbekiston savdo palatasi tomonidan tashkil etilgan "O'zbekiston – Markaziy Osiyoda xorijiy sarmoyalarni jalb qilish markazi" mavzusidagi konferensiya bo'lib o'tdi.

1999-yil: O'zbekiston va Tojikiston hukumatlari o'rtasida "Terrorizmga, siyosiy, diniy hamda boshqa xildagi ekstremizmga, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy yurgizilishiga qarshi kurashda hamkorlik qilish to'g'risida"gi bitim imzolandi.

O'zbekiston Prezidenti Yaponiya eksport-import banki rahbarini qabul qildi.

2009-yil: O'zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Braziliyaga jo'nab ketdi.

2017-yil: Davlatimiz rahbari poytaxtimizning Shayxontohur tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

O'zbekiston Prezidenti Toshkent shahridagi "Suzuk ota" maqbarasi va jome' masjidida bo'ldi.

2020 yil: O'zbekiston Prezidenti raisligida investitsiya masalalari bo'yicha videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.

2022 yil: O'zbekiston Prezidenti raisligida hududlarda maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari tashkil qilish, ularni zarur infratuzilma bilan ta'minlash chora-tadbirlari bo'yicha videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.

2023 yil: O'zbekiston Prezidenti Toshkent shahridagi Chilonzor sanoat zonasidagi korxonalar faoliyati bilan tanishdi.

O'zbekiston Prezidenti "Air Products" kompaniyasi bosh ijrochi direktorini qabul qildi.

2024 yil: Rossiya Prezidenti davlat tashrifi bilan O'zbekistonga keldi.

 

Jahonda:

- Gruziyada "Mustaqillik kuni";

- Rossiyada "Tadbirkorlar kuni";

- Armanistonda "Sardarapat jangidagi G'alaba kuni";

-Gayanada "Mustaqillik kuni";

- Daniyaning amaldagi Qiroli Frederik Andre Xenrik Kristian tug'ilgan kun;

- Polshada "Onalar kuni".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish