Logo

"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 27-iyul

Iyul 27, 2025. 07:53 • 50 soniya

47
"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 27-iyul

Yilning 208-kuni. Yil yakunlanishiga 157 kun qoldi

 

Ushbu sanada O'zbekistonda:

1999-yil: Toshkentda O'zbekiston Vazirlar Mahkamasining 1999-yilning birinchi yarmida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari, iqtisodiy islohotlarning borishi va iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlarini amalga oshirishga bag'ishlangan majlisi bo'lib o'tdi.

2005-yil: O'zbekiston Prezidenti poytaxtda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

2015-yil: O'zbekiston Prezidenti AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo'mondonligi qo'mondonini qabul qildi.

2018-yil: O'zbekiston Prezidenti raisligida jinoyatchilikning oldini olish, davlat idoralari va jamiyatning bu boradagi mas'uliyatini oshirish masalalariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.

2020-yil: O'zbekiston Prezidenti yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo'yicha olib borilayotgan ishlar muhokamasi yuzasidan yig'ilish o'tkazdi.

O'zbekiston Prezidenti Toshkent shahrida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish, bu boradagi ishlarning samaradorligini, aholiga sifatli va o'z vaqtida tibbiy yordam ko'rsatish qamrovini oshirish bo'yicha olib borilayotgan sa'y-harakatlar hisobotini tingladi.

2022-yil: O'zbekiston Prezidenti paxtachilikdagi dolzarb vazifalar muhokamasi yuzasidan yig'ilish o'tkazdi.

2023-yil: O'zbekiston Prezidenti aholi hayoti, hududlar iqtisodiyoti bilan tanishish maqsadida Farg'ona viloyatiga keldi.

 

Jahonda:

- Vyetnamda "Vyetnam urushi qurbonlarini xotirlash kuni".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish