"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 27 oktabr
Oktabr 27, 2025. 06:52 • 45 soniya
• 170

Yilning 300-kuni. Yil yakunlanishiga 65 kun qoldi
Ushbu sanada Oʻzbekistonda:
2017-yil: Oʻzbekiston Prezidenti Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining oʻrinbosarini qabul qildi.
Shu kuni Prezident raisligida davlat mulki asosida xususiy mulk va tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek, xususiylashtirilgan korxonalarni qoʻllab-quvvatlash masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
2020-yil: Oʻzbekiston Prezidenti Turkiya milliy mudofaa vaziri, armiya generalini qabul qildi.
2021-yil: Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xoʻjaligida klaster tizimini rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
2022-yil: Oʻzbekiston Prezidenti "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" formatidagi davlat rahbarlarining ilk yigʻilishida ishtirok etish uchun Ostona shahriga tashrif buyurdi.
2023-yil: Davlatimiz rahbari geologiya-qiduv ishlarini kengaytirish va istiqbolli uchastkalarni oʻzlashtirish rejalariga oid taqdimot bilan tanishdi hamda yer resurslaridan oqilona foydalanish, hisob va kadastr xizmatlarini takomillashtirish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.
Jahonda:
- "Butunjahon audiovizual meros kuni";
- Jazoirda "Daraxt ekish kuni";
- Ukrainada "Ukrain yozuvi va tili kuni".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Italiyada yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasi e'tirof etildi
Davlat ramzlari – mustaqillik timsoli, farovon hayot garovi!
Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi
O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni AQShda keng nishonlandi