Logo

"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 28-iyul

Iyul 28, 2025. 07:28 • 2 daq

59
"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 28-iyul

Yilning 209-kuni. Yil yakunlanishiga 156 kun qoldi

 

Ushbu sanada O'zbekistonda:

2002-yil: O'zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga keldi.

2005-yil: O'zbekiston Prezidenti Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Bosh kotibini qabul qildi.

2018-yil: O'zbekiston Prezidenti Toshkent shahri Mirobod tumanidagi harbiy qismga tashrif buyurdi.

O'zbekiston Prezidenti Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy klinik gospitalini borib ko'rdi.

2020-yil: O'zbekiston Prezidenti raisligida hududlarda koronavirus bilan bog'liq murakkab vaziyatni tartibga solish bo'yicha ko'rilayotgan choralar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.

2021-yil: O'zbekiston Prezidenti Toshkent shahridagi

21-Mehribonlik uyini borib ko'rdi.

O'zbekiston Prezidenti raisligida nogironligi bo'lgan, ota-ona qaramog'idan mahrum va yetim bolalarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashni kengaytirish hamda ijtimoiy nafaqalarni takomillashtirish masalalari bo'yicha videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.

2022-yil: O'zbekiston Prezidenti SHHTga a'zo davlatlarning Tashqi ishlar vazirlari kengashi tadbirlarida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Xitoy Davlat kengashi a'zosi, tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

O'zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo'lib turgan Turkiya ichki ishlar vazirini qabul qildi.

O'zbekiston Prezidenti SHHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining poytaxtimizdagi yig'ilishi tadbirlarida ishtirok etayotgan Rossiya tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

2023-yil: Farg'ona shahrida O'zbekiston Prezidenti raisligida hududlarda huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.

 

Jahonda:

- "Butunjahon gepatitga qarshi kurashish kuni";

- Peruda "Mustaqillik kuni";

- Rossiyada "Rusni cho'qintirish kuni".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish