Logo

"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 30-may

May 30, 2025. 07:08 • 2 daq

79
"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 30-may

Yilning 150-kuni. Yil yakunlanishiga 215 kun qoldi

 

Ushbu sanada O'zbekistonda:

1992-yil: O'zbekiston va Rossiya o'rtasida "Davlatlararo munosabatlarning asoslari, do'stlik va hamkorlik to'g'risida"gi shartnoma imzolandi.

1994-yil: O'zbekiston Prezidenti BMT Bosh kotibi o'rinbosarini qabul qildi.

1995-yil: O'zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo-Amerika Tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi delegatsiyasini qabul qildi.

1996-yil: O'zbekiston Prezidenti Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT) Parlament Assambleyasining Prezident boshchiligidagi delegatsiyasini taqdim etdi.

O'zbekiston Prezidenti Germaniya Federal tashqi ishlar vazirini qabul qildi.

1997-yil: O'zbekiston va Kipr o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatildi.

O'zbekiston Prezidenti Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki delegatsiyasini qabul qildi.

2004-yil: Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti a'zo mamlakatlar iqtisod va savdo vazirlarining majlisi bo'lib o'tdi.

2017-yil: Toshkent shahrida videoselektor yig'ilishi o'tkazildi. Unda 2017 yil Investitsiya dasturiga kiritilgan va O'zbekiston Prezidentining mamlakatimiz hududlariga tashriflari davomida ishlab chiqilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasidagi ishlarning holatini tanqidiy tahlil qilish va baholash masalalari ko'rib chiqildi.

2018-yil: O'zbekiston Prezidenti "Rosatom" davlat korporatsiyasi bosh direktorini qabul qildi.

2019-yil: O'zbekiston Prezidentining topshirig'iga binoan, 156 nafar vatandoshimiz, asosan ayollar va bolalar Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududlaridan yurtimizga qaytarildi.

O'zbekiston Prezidenti Rossiya Hukumati Raisini qabul qildi.

2021-yil: O'zbekiston Prezidenti "Yashil o'sish va global maqsadlar uchun hamkorlik – 2030" xalqaro sammitida ishtirok etdi.

2024-yil: O'zbekiston Prezidenti iqtisodiyot tarmoqlarida energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

O'zbekiston Prezidenti Misr Senati raisi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Davlatimiz rahbari Islom dunyosi ta'lim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO) bosh direktorini qabul qildi.

 

Jahonda:

- "Xalqaro feminizm kuni";

- Ispaniyada "Kanar orollari kuni";

- Xorvatiyada "Davlatchilik kuni";

- Peruda "Milliy kartoshka kuni".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish