Logo

"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 4-iyun

Iyun 04, 2025. 07:28 • 54 soniya

61
"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 4-iyun

Yilning 155-kuni. Yil yakunlanishiga 210 kun qoldi

 

Ushbu sanada O'zbekistonda:

2004-yil: O'zbekiston Prezidenti Rossiya, Qozog'iston va Tojikiston Xavfsizlik Kengashi kotiblari, Qirg'iziston Xavfsizlik Kengashi kotibining muovini hamda Xitoy Jamoat Xavfsizligi vaziri o'rinbosarini qabul qildi.

2008-yil: O'zbekiston Prezidenti Fransiya mediatorini qabul qildi.

O'zbekiston Prezidenti Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YEXHT) amaldagi raisi, Finlyandiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi.

2009-yil: O'zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoni moliya vazirini qabul qildi.

2012-yil: Rossiya Prezidenti rasmiy tashrif bilan O'zbekistonga keldi.

2017-yil: O'zbekiston Prezidenti Buyuk Britaniya Bosh vaziriga London shahrida ko'plab insonlar hayotiga zomin bo'lgan terroristik hujumlar munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

2019-yil: O'zbekiston va Turkiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar.

2021 yil: O'zbekiston Prezidenti mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo'lib turgan Qozog'iston Parlamenti Senati raisini qabul qildi.

2024 yil. O'zbekiston Prezidenti O'zbekiston–Saudiya Ishbilarmonlar kengashi hamraisi, "ACWA Power" kompaniyasi boshqaruvi raisini qabul qildi.

Jahonda:

- "Xalqaro begunoh bolalar – tajovuz qurbonlari kuni";

- "Xalqaro kariyesga qarshi kurashish kuni";

- Rossiyada "Kran operatorlari kuni";

- Qozog'istonda "Davlat ramzlari kuni";

- Moldovada "Bank xodimlari kuni";

- Tongada "Mustaqillik kuni";

- Vengriyada "Birdamlik kuni".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish