Logo

"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 9-iyun

Iyun 09, 2025. 00:39 • 2 daq

72
"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 9-iyun

Yilning 160-kuni. Yil yakunlanishiga 205 kun qoldi

 

O'zbekistonda:

2000-yil: O'zbekiston Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini erkinlashtirish va samarali rivojlanishini ta'minlash to'g'risida"gi qarori qabul qilindi.

2007-yil: MDHning norasmiy sammitida ishtirok etish uchun Sankt-Peterburgga kelgan O'zbekiston yetakchisi Rossiya Prezidenti bilan uchrashuv o'tkazdi.

2008-yil: O'zbekiston Prezidenti Birlashgan Arab Amirliklari Vazirlar Mahkamasi ishlari bo'yicha vaziri, "Dubay xolding" kompaniyasi ijrochi raisi Muhammad Abdulla al-Gargaviyni qabul qildi.

2010-yil: O'zbekiston va Xitoy hukumatlari o'rtasida diplomatik pasport egalarining o'zaro vizasiz safarlari to'g'risidagi bitim imzolandi.

2016-yil: O'zbekiston TIV delegatsiyasi Qozog'iston elchixonasiga tashrif buyurib, Aqto'be shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

2017-yil: O'zbekiston Prezidenti Ostona shahrida SHHTga a'zo davlatlar rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etdi.

2018-yil: O'zbekiston Prezidenti Sindao shahrida o'tayotgan ShHT sammiti doirasida Xitoy Raisi bilan uchrashdi.

O'zbekiston Prezidenti Sindao shahrida BMT Bosh kotibining birinchi o'rinbosarini qabul qildi.

2020-yil: O'zbekiston Prezidenti iqtisodiyot barqarorligini ta'minlash masalalari bo'yicha yig'ilish o'tkazdi.

2021-yil: O'zbekiston Prezidenti Qatar Bosh vaziri o'rinbosari boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

2022-yil: O'zbekiston Prezidenti va Yaponiya Bosh vaziri o'rtasida telefon orqali muloqot bo'lib o'tdi.

2023-yil: O'zbekiston Prezidenti Italiyaga rasmiy tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida Milan shahrida o'tkazilgan "ITMA 2023" to'qimachilik mashinasozligi xalqaro ko'rgazmasiga tashrif buyurdi.

 

Jahonda:

- Xalqaro arxivlar kuni;

- Urugvayda "Janubiy Amerika futboli kuni";

- Ugandada "Qahramonlar kuni";

- Viktoriya davrining buyuk romannavisi Charlz Dikkens vafot etgan kun (1870-yil).

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish