Misr adabiyotshunoslari Alisher Navoiyning buyuk "Xamsa" asarini arab tiliga tarjima qilishga qiziqish bildirmoqda
Fevral 12, 2024. 11:42 • 44 soniya
• 1282
QOHIRA, 12-fevral. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi tomonidan Misr davlat kutubxonasida buyuk alloma Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag'ishlangan adabiy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi, deb xabar qilayapti "Dunyo" AA muxbiri.

Unda Qohira universiteti va boshqa oliy ta'lim muassasalari, tadqiqot markazlari, adabiyot, san'at va madaniyat namoyondalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi.
Anjumanda so'zga chiqqanlar Navoiyning turkiy tilni, xususan o'zbek tilini rivojlantirishga qo'shgan hissasi va turkiy tilda yozilgan ilk "Xamsa" asari haqida batafsil so'zlab berdilar.
Navoiyning «Muhokamatul lug'atayn» asari turkiy tilning barcha jozibasi va imkoniyatlarini isbotlab bergani Misr tomonida katta qiziqish uyg'otdi.
Misr vakillari Navoiy kabi buyuk shoirning asarlari hozirga qadar arab tilliga tarjima qilinmaganini afsus bilan qayd etdilar. Bu borada misrlik mutaxassislar bilan birgalikda yangi loyihalarni amalga oshirish, dastlabki bosqichda Navoiyning buyuk "Xamsa" asarini arab tiliga tarjima qilish taklifi ilgari surildi.
Tadbir yakunida Navoiy g'azal va ruboiylaridan namunalar o'qildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Italiyada yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasi e'tirof etildi
Davlat ramzlari – mustaqillik timsoli, farovon hayot garovi!
Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi
O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni AQShda keng nishonlandi