Logo

Bayram arafasida "O'zsanoatqurilishbank"da ustozlar va yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi

Sentabr 30, 2025. 16:58 • 36 soniya

266
Bayram arafasida "O'zsanoatqurilishbank"da ustozlar va yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi

TOSHKENT, 30-sentyabr. /"Dunyo" AA/. 1-oktyabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni arafasida "O'zsanoatqurilishbank" ATB bosh ofisida yoshlar bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbir Prezidentimiz boshchiligida amalga oshirilayotgan yoshlar siyosati va islohotlar doirasida tashkil etildi.

Davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek, yoshlar — xalqimizning oltin fondi. Ular bandligini ta'minlash, intilishlariga yo'l ochish, o'z salohiyatini to'liq namoyon etishi uchun sharoit yaratish — bugungi islohotlarimizning ustuvor yo'nalishidir.

Uchrashuvda bank rahbariyati va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti vakillari ustozlar tajribasi yoshlar uchun yo'l-yo'riq ekanini, ulardan olinadigan ibrat kelajak muvaffaqiyatining asosi bo'lishini qayd etdi.

Samimiy suhbat va savol-javob tarzida o'tgan tadbir yosh xodimlarning ma'naviy-ma'rifiy salohiyatini yuksaltirishga xizmat qildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish