Niderlandiyadan munosabat: Ona vatan va avlodlar tinchligi uchun kurashgan o'zbekistonlik 101 nafar askar xotirasini abadiylashtirish muqaddas vazifamizga aylanishi kerak
May 10, 2025. 11:57 • 57 soniya
• 46
AMERSFORT, 10-may. /"Dunyo" AA/. Niderlandiyaning "Sovet shon-sharaf maydoni" jamg'armasi boshqaruv kengashi a'zosi Natalya de Yong "Dunyo" AA uchun intervyusida Ikkinchi jahon urushi davrida ushbu mamlakatda qurbon bo'lgan o'zbekistonlik 101 nafar askar xotirasini yodga oldi:
– Bugun "Sovet shon-sharaf maydoni"da dafn etilgan Ikkinchi jahon urushi qurbonlari bo'lgan qahramonlar, xususan o'zbekistonlik 101 nafar askar qabriga gul qo'yish orqali ularning xotirasini saqlash va ularga hurmat bajo keltirdik. Bu yerda yotgan har bir askarning jasorati bugungi avlod uchun o'rnakdir. Vatan, ota-ona, oila va avlodlar tinchligi uchun kurashgan bu yigitlarning nomlarini tiklash va xotirasini abadiylashtirish har birimizning muqaddas vazifamizga aylanishi kerak. Bu borada juda ko'plab izlanishlar va o'rganishlar olib borildi va ular hali ham davom etayapti.
Xususan, O'zbekiston tomoni bilan yaqin hamkorligimiz tufayli, o'zbekistonlik 101 nafar askar haqida ko'proq o'rgandik va ma'lumot oldik. Ularning shaxsini aniqlash va qabrlarini tiklashda O'zbekiston tomoni ko'rsatayotgan yaqin ko'makdan minnatdormiz.
Xotira tadbirlarini tashkil etish orqali esa Ikkinchi jahon urushida halok bo'lgan qahramonlar nomini abadiylashtirishga harakat qilyapmiz. Tadbirda O'zbekistondan kelgan delegatsiya a'zolari, elchixona vakillari, ko'ngillilar, jamg'armamiz xodimlari, mahalliy OAV xodimlari va boshqalar ishtirok etganidan juda xursandmiz.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tailandda davlat ramzlarining ahamiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi
Umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Italiyada yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasi e'tirof etildi
Davlat ramzlari – mustaqillik timsoli, farovon hayot garovi!
Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi