JIDU talabalari 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o'tkazilgan vatanparvarlik tadbirida ishtirok etishdi
May 08, 2025. 17:08 • 31 soniya
• 40
TOSHKENT, 10-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Qurolli Kuchlar davlat muzeyida 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda O'zbekiston Mudofaa vazirligi faxriylar kengashi, Mudofaa vazirligi Oila masalalari boshqarmasi vakillari, Qurolli Kuchlar akademiyasi kursantlari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) professor-o'qituvchilari hamda talabalari qatnashdi.
Uchrashuvda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk G'alabaga o'zbek xalqining qo'shgan beqiyos hissasi alohida ta'kidlandi. Ishtirokchilar Ikkinchi jahon urushi frontlarida ozodlik va tinchlik uchun jonlarini fido qilgan qahramonlarimiz xotirasini chuqur minnatdorlik bilan yodga oldilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tailandda davlat ramzlarining ahamiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi
Umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Italiyada yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasi e'tirof etildi
Davlat ramzlari – mustaqillik timsoli, farovon hayot garovi!
Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi