Navro'z bayrami munosabati bilan Tehrondagi "Ozodi" minorasi O'zbekiston bayrog'i ranglariga burkandi
Mart 17, 2025. 17:17 • 28 soniya
• 85
TEHRON, 17-mart. /"Dunyo" AA/. Eron poytaxtidagi "Ozodi" maydonida Navro'z bayrami keng nishonlandi, deb xabar qilmoqda Dunyo AA muxbiri

Ushbu tadbirda Eron madaniyat vaziri Seyed Abbas Salehi Shariati, madaniy meros, turizm va hunarmandchilik vaziri Muhammadreza Solehi Amiri, tashqi ishlar vaziri Seyed Abbos Arog'chi, vazirlik va idoralarning mas'ullari, Tehronda akkreditatsiyadan o'tgan diplomatik korpus, xususan O'zbekiston elchisi Fariddin Nasriyev ishtirok etishdi.
Quvonarlisi, Tehron ramzi bo'lgan – "Ozodi" minorasi O'zbekiston bayrog'i ranglariga burkandi va o'zbek tilida "Navro'z muborak bo'lsin" qutlov so'zlari namoyish etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
