Logo

Guanchjouda Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi

Fevral 11, 2026. 19:41 • 58 soniya

227
Guanchjouda Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi

GUANCHJOU, 12-fevral. /“Dunyo” AA/. Buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan yurtdoshlarimiz ishtirokida davra suhbati tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad Alisher Navoiyning boy adabiy merosi, insonparvarlik g‘oyalari, davlat qurilishi va maʼnaviyat sohasiga qo‘shgan ulkan hissasini keng targ‘ib etish, yurtdoshlarimiz qalbida milliy qadriyatlarga hurmat va iftixor tuyg‘ularini kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.

Unda Guanchjou va Foshan shaharlarida istiqomat qilayotgan va faoliyat yuritayotgan vatandoshlar ishtirok etdi. Tadbirda Alisher Navoiy hayoti va ijodi, “Xamsa” asari, turkiy til rivojiga qo‘shgan hissasi, Navoiy maʼnaviy merosining bugungi davrdagi ahamiyati haqida fikr almashildi.

Tadbir doirasida Xitoyning janubiy provinsiyalarida Navoiy merosini ommalashtirish, o‘zbek tili va adabiyotining nufuzini oshirish, milliy madaniy anʼanalarni asrab-avaylash masalalari ham muhokama qilindi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish