Xo'jandda O'zbek tili bayrami kuniga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi
Oktabr 27, 2025. 19:29 • 48 soniya
• 26
XO'JAND, 29-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi tomonidan Tojikistonning Xo'jand shahrida So'g'd viloyati O'zbeklar ma'naviyat va ma'rifat markazi bilan hamkorlikda o'zbek tili bayramiga bag'ishlangan madaniy tadbir tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

21-oktyabr – O'zbek tili bayrami kuni munosabati bilan o'tkazilgan ushbu madaniy tadbirda Tojikiston va O'zbekiston san'at va adabiyot namoyondalari, ta'lim sohasi xodimlari hamda yoshlar ishtirok etdi.
Xususan, Muqimiy nomidagi o'zbek musiqali drama teatri ijodkorlari – bosh rejissyor Doston Haqberdiyev, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Turg'un Beknazarov, aktyorlar Bozorbek Xolmo'minov, Feruza Sarimsoqova, Yulduz Sirimbetova tadbir mehmoni bo'lishdi.
O'zbeklar ma'naviyat va ma'rifat markazi raisi, "Do'stlik" ordeni sohibi Ilhom Yusupov, Tojikiston Do'stlik va madaniy aloqalar jamiyati xodimi Latifjon Sultonov va boshqalar mehmonlarni bayram bilan tabriklab, o'zbek tilining do'stlik va birodarlik rishtalarini mustahkamlashdagi o'rni haqida to'xtalib o'tdi.
Uchrashuv davomida ikki davlat ijodkorlari tomonidan o'zbek tilidagi she'rlar o'qib berildi va kuy-qo'shiqlar ijro etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Italiyada yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasi e'tirof etildi
Davlat ramzlari – mustaqillik timsoli, farovon hayot garovi!
Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi
O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni AQShda keng nishonlandi