Rossiyaning Cheboksari shahrida rus va chuvash tillariga tarjima qilingan Navoiy asarlari eʼtirof etildi
Fevral 11, 2026. 15:36 • 58 soniya
• 268
CHEBOKSARI, 15-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Chuvashiya xalqlari do‘stligi uyida buyuk mutafakkir, shoir va o‘zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiyning 585 yilligiga bag‘ishlangan madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuvda Chuvashiya Respublikasining taniqli madaniyat va sanʼat arboblari, Navoiyshunos olimlar va vatandoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar buyuk davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning boy merosi, nafaqat o‘zbek, balki jahon adabiyoti, milliy madaniyat va xalqning adabiy-estetik dunyoqarashi rivojlanish tarixidagi ahamiyati haqida gapirdi.
Ijodiy sheʼriyat kechasida rus, chuvash tillariga tarjima qilingan Alisher Navoiy asarlari eʼtirof etildi. O‘zbek madaniyat markazi vakillari ijrosida, milliy qo‘shiq va raqslar ijro etildi.
Tadbir davomida namoyish etilgan o‘zbek milliy hunarmandchiligi, adabiyoti va musiqa asboblari ko‘rgazmasi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi