O'zbek tilini asrab-avaylash va rivojlantirish – mas'uliyat
Oktabr 20, 2025. 10:37 • 53 soniya
• 195
BANGKOK, 20-oktyabr. "Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxona tomonidan 21-oktyabr – O'zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbirda Bangkok shahri va unga yaqin provinsiyalardagi vatandoshlar hamda mahalliy ishbilarmonlar doirasi vakillari ishtirok etdi.
Bosh konsul Faxriddin Sultanov o'z nutqida O'zbekistonda o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi keng nishonlanayotgani, o'zbek tilining mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o'rni, xalqaro maydondagi obro'sini oshirish bo'yicha qilinayotgan amaliy ishlar haqida ta'kidladi.
Qayd etilganidek, 2020-yil 10-aprelda O'zbekiston Respublikasining "O'zbek tili bayrami kunini belgilash to'g'risida"gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun bilan har yili 21-oktyabr "O'zbek tili bayrami kuni" etib nishonlash belgilandi.
Tadbirda so'zga chiqqanlar til har bir millatning ulkan boyligi, benazir qadriyati va bebaho mulki hisoblanishi, unda elatlarning tarixi va madaniyati aks etishini ta'kidladilar.
Bangkok sharidagi Maharadjvitaya Chulalankorn universiteti o'qituvchisi Baxtiyor Karimov ona tilimizni asrab-avaylash, rivojlantirishga har bir fuqaro mas'ul ekanligi haqida gapirdi.
Anjuman yakunida O'zbekiston kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan "Bahodir Yalangto'sh" tarixiy badiiy filmi namoyish etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Italiyada yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasi e'tirof etildi
Davlat ramzlari – mustaqillik timsoli, farovon hayot garovi!
Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi
O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni AQShda keng nishonlandi