Logo

Boku shahrida II Ozarbayjon–O'zbekiston Yoshlar Forumi bo'lib o'tdi

Noyabr 15, 2025. 11:22 • 2 daq

65
Boku shahrida II Ozarbayjon–O'zbekiston Yoshlar Forumi bo'lib o'tdi

BOKU, 15-noyabr. /"Dunyo" AA/. 2025-yil 6-noyabr kuni Boku shahrida II Ozarbayjon–O'zbekiston Yoshlar Forumi muvaffaqiyatli o'tkazildi, deb xabar qildi "Dunyo" AA muxbiri.

Forumda Ozarbayjon va O'zbekiston yoshlarining o'zaro hamkorligini mustahkamlash, yangi qo'shma loyihalarni amalga oshirish va yoshlar tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Forumni yuqori darajada tashkil etishda ko'rsatgan do'stona hamkorlik va samimiy mehmondo'stlik uchun Ozarbayjon Respublikasi Yoshlar va sport vazirligi hamda O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligiga minnatdorchilik bildiriladi.

Shuningdek, mazkur tadbirda O'zbekiston Respublikasining Ozarbayjondagi Favqulodda va muxtor elchisi Bahrom Ashrafxanov so'zga chiqib, mamlakatlar o'rtasidagi do'stlik va strategik sheriklik yoshlar diplomatiyasi orqali yanada mustahkamlanayotganini qayd etdi. Diplomat yoshlar uchun amalga oshirilayotgan qo'shma dasturlarni kengaytirish zarurligini alohida e’tirof etdi.

"Ushbu forumning asosiy vazifasi — ikki davlat o'rtasidagi yoshlar diplomatiyasi, fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligini kengaytirish, qo'shma tashabbus va istiqbolli loyihalarni ilgari surishdir",-deya ta’kidlaydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi Otabek Sobitov. 

Tadbirda quyidagilar ishtirok etmoqda:

-O'zbekistondan 12 kishilik rasmiy delegatsiya,

-Ozarbayjonda tahsil olayotgan 38 nafar o'zbekistonlik talaba,

-50 nafar ozarbayjonlik ishtirokchi (vazirlik va idoralar vakillari, talabalar hamda yoshlar tashkilotlari a’zolari).

Forum doirasida tomonlar quyidagi yo'nalishlarda konstruktiv muloqot olib boradi:

-yoshlar siyosati bo'yicha uzoq muddatli hamkorlik mexanizmini shakllantirish,

-qo'shma loyihalar va yoshlar tashabbuslarini institutsionallashtirish,

-ikki davlatning yoshlar tashkilotlari o'rtasida strategik sheriklikni yo'lga qo'yish.

Yoshlar parlamenti xalqaro maydonda O'zbekiston yoshlarining manfaatlarini ifodalaydi va yoshlar diplomatiyasini mustahkamlashga xizmat qiladi. Mazkur forum esa ikki xalq o'rtasidagi do'stlik, birdamlik va yoshlar diplomatiyasining yorqin timsoliga aylandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish