Farg'ona viloyati delegatsiyasining Turkiyaga tashrifi yakunlari: 200 ta uchrashuvda umumiy qiymati 680 million dollarga yaqin kelishuv imzolandi
Noyabr 13, 2025. 14:48 • 2 daq
• 112
ISTANBUL, 13 noyabr. /"Dunyo" AA/. Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Turkiyada bo'lib, qator muhim uchrashuv va muzokaralar o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Safar davomida turk ishbilarmon doiralari, erkin iqtisodiy hududlar, savdo-sanoat palatalari va ish beruvchi uyushmalar bilan hamkorlikning yangi yo'nalishlarini belgilash bo'yicha muhim kelishuvlarga erishildi.
Delegatsiya tashrifi Istanbul, Kojaeli, Konya va Antaliya shaharlarini qamrab oldi. Tashrif davomida 200 dan ziyod uchrashuv va muzokaralar tashkil etildi. Xususan, Istanbul Savdo-sanoat palatasi ("İTO") rahbarlari bilan ikki tomonlama savdo aylanmasi, logistika va eksport infratuzilmasini rivojlantirish, Kojaeli Erkin sanoat hududi hamda Gebze guzellar erkin sanoat hududi ma'muriyati bilan esa farg'onalik ishlab chiqaruvchilarni texnologiyalar va sanoat klasterlariga jalb etish yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralar yakuniga ko'ra, turkiyalik hamkorlar bilan to'qimachilik, kimyo sanoati, qishloq xo'jaligi, shaharsozlik, qurilish, tibbiyot, turizm, fan, ta'lim, kadrlar tayyorlash yo'nalishlarida bir nechta hamkorlik kelishuvi imzolandi. Ularning umumiy qiymati 679,5 million AQSh dollarini tashkil etdi.
Tashrif natijalari ikki davlat hududlari o'rtasidagi amaliy hamkorlikni sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tardi.
Farg'ona viloyatida turk kapitali ishtirokidagi qo'shma korxonalar sonini ko'paytirish, yangi ish o'rinlari yaratish, yuqori qo'shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport salohiyatini kengaytirish yuzasidan o'zaro ikki tomon uchun manfaatli muzokaralarni o'tkazdi.
Delegatsiya a'zolari Istanbul shahrida tashkil etilgan "Global chaqiriqlar: yangi realliklarga moslashish" mavzusidagi 16-Bosfor sammitida ham o'z nutqlari bilan faol ishtirok etdilar.
Tashrif doirasida Turkiya ishbilarmonlar kengashi, Sanoat uyushmalari, Turizm assotsiatsiyalari va boshqa davlat hamda jamoat tuzilmalari vakillari bilan ham uchrashuvlar o'tkazildi. Qo'shma investitsiya forumlarini tashkil etish bo'yicha kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
Polshadagi agentlik Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochmoqchi
Gujranvala shahrida O‘zbekiston–Pokiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi