O'zbekiston elchixonasi va Ispaniya sanoat uskunalari ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi amaliy hamkorlikni faollashtirishga kelishib oldi
Yanvar 16, 2024. 10:32 • 2 daq
• 171
MADRID, 16-yanvar. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Farrux Tursunov Ispaniyaning "SERCOBE" sanoat uskunalari ishlab chiqaruvchilari milliy assotsiatsiyasi Sharqiy Yevropa va MDH davlatlari bilan hamkorlik bo'yicha direktori Ektor Rodriges bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda O'zbekiston va Ispaniya o'rtasidagi savdo-iqtisodiy, moliyaviy va sarmoyaviy hamkorlikning holati, sanoat uskunalarini ishlab chiqarish, shuningdek, qishloq xo'jaligi, suv-energetika va ekologiya sohalaridagi o'zaro aloqalarning istiqbolli yo'nalishlari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida Ispaniyaning "SERCOBE" bilan yaqin va amaliy hamkorlikni faollashtirish, assotsiatsiya a'zolari uchun O'zbekiston tomoni bilan qishloq va suv xo'jaligi, energetika va ekologiya sohalarida hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha mavjud imkoniyatlar haqida qator taqdimot va davra suhbatlari o'tkazish to'g'risida kelishuvga erishildi.
Ispaniyaning "SERCOBE" sanoat uskunalari ishlab chiqaruvchilari milliy assotsiatsiyasi 1964-yilda tashkil etilgan. Assotsiatsiya 130 dan ortiq korxona va sanoat guruhlarini, 4 ta tarmoq birlashmalarini birlashtiradi. Ular, o'z navbatida, sanoat asbob-uskunalarini loyihalash, ishlab chiqarish, ularga xizmat ko'rsatish va yig'ish sohasida faoliyat yurituvchi 400 dan ortiq korxonalarni o'z ichiga oladi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq O'zbekistonning Madriddagi elchixonasida Ispaniyaning eng yirik "Santander" bankining mintaqaviy menejeri Devid Plaza bilan uchrashuv bo'lib o'tgan edi. Unda ispan tomoni mamlakatimizdagi istiqbolli investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun 500 million AQSh dollari miqdorida kredit mablag'larini ajratishga tayyorligini bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Gujranvala shahrida O‘zbekiston–Pokiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi
Sirdaryo viloyati delegatsiyasi Xitoy tajribasini o‘rganmoqda
Pokiston bilan charmsanoat bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi