Logo

O'zbekiston va Nepal ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlarini muhokama qilmoqda

Yanvar 31, 2025. 16:57 • 2 daq

172
O'zbekiston va Nepal ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlarini muhokama qilmoqda

ISLOMOBOD, 1-fevral. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Alisher To'xtayev Nepalning Pokistondagi elchisi Rita Dital bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda O'zbekiston-Nepal o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, iqtisodiy diplomatiya yo'nalishidagi aloqalarni jadallashtirish, madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni ilgari surish masalalari muhokama qilindi.

Elchi Rita Dital Nepal hukumati O'zbekiston bilan barcha yo'nalishlarda ikki tomonlama munosabatlarni jadallashtirishga ustuvor ahamiyat qaratayotganini ta'kidladi.

Muloqot chog'ida mamlakatlarimiz o'rtasidagi aloqalarni jadallashtirishning diplomatik mexanizmlari, bunda ikki elchixonaning o'rni to'g'risida fikr almashildi.

Savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, jumladan to'qimachilik, farmatsevtika, qishloq xo'jaligi va turizm yo'nalishlarida iqtisodiy hamkorlik ko'lamini kengaytirish, transport-logistika va energetika sohalarida qo'shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Iqtisodiy diplomatiya yo'nalishidagi aloqalarni yangi tarmoqlar hisobiga boyitish, o'zaro tovar aylanmasi hajmini oshirish va nomenklaturasini diversifikatsiya qilish, istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish uchun ikki mamlakat biznes doira vakillarining o'zaro tashriflarini tashkillashtirishga kelishib olindi.

Madaniy-gumanitar aloqalarni chuqurlashtirish, o'zaro turistlar oqimini ko'paytirish masalalari ham ko'rib chiqildi.O'zbekiston va Nepal ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlarini muhokama qilmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish