O‘zbekistonlik mutaxassislar qishloq xo‘jaligi sohasida Xitoy tajribasini o‘rganmoqda
Mart 25, 2026. 19:11 • 2 daq
• 161
NANNIN, 28-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda 20 dan ortiq mahalliy korxona vakillaridan iborat delegatsiya Xitoyning Nannin shahriga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Dastur doirasida mamlakatimizning Guanchjou shahridagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Guansi xalqaro savdoni rivojlantirishga ko‘maklashish qo‘mitasi rahbariyati bilan davra suhbati, shuningdek, qishloq xo‘jaligi, logistika va qadoqlash sohalarida faoliyat yurituvchi yetakchi mahalliy kompaniyalar bilan B2B muzokaralari o‘tkazildi.
Delegatsiya aʼzolari Guansi-Chjuan avtonom tumanidagi Chorvachilik ilmiy-tadqiqot institutida ham bo‘lib, tajriba uchastkalarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar bilan tanishdi. Uzum, golubika, apelsin va mandarin yetishtirish, ekinlarni parvarishlash va yangi navlar yaratish jarayonlariga alohida eʼtibor qaratildi.
Bundan tashqari, delegatsiya tomonidan o‘simliklarni biologik himoya qilish usullarini rivojlantirish, issiqxona xo‘jaliklarida organik mahsulotlarni yetishtirish texnologiyalari, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish, qishloq xo‘jaligida kimyoviy vositalardan samarali foydalanish bo‘yicha Xitoy tajribasi o‘rganildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi