Varshavada O'zbekiston va Polsha iqtisodiy hamkorligini jadallashtirish masalalari muhokama qilindi
Aprel 05, 2025. 15:32 • 31 soniya
• 107
VARSHAVA, 5-aprel. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Amirsaid A'zamxo'jayev Polsha Taraqqiyot va texnologiyalar vazirligi davlat kotibi, iqtisodiy hamkorlik bo'yicha O'zbekiston-Polsha Hukumatlararo komissiyasi hamraisi Mixal Yaros bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Shu yil fevral oyida Toshkentda bo'lib o'tgan iqtisodiy hamkorlik bo'yicha O'zbekiston-Polsha Hukumatlararo komissiyasining 8-yig'ilishi va biznes-forum natijalari e'tirof etildi. Shuningdek, ushbu tadbirlarda imzolangan kelishuvlarni o'z vaqtida va samarali amalga oshirish yo'llari yuzasidan fikr almashildi.
Bank-moliya, qishloq xo'jaligi, veterinariya, energetika, farmatsevtika, to'qimachilik, tog'-kon sanoati, qurilish, migratsiya va axborot texnologiyalari sohalaridagi qo'shma loyihalarni jadallashtirish muhimligi ta'kidlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
Gujranvala shahrida O‘zbekiston–Pokiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi
Sirdaryo viloyati delegatsiyasi Xitoy tajribasini o‘rganmoqda