Logo

Shvetsiya OAV: O‘zbekiston sayyohlar uchun qulay va xavfsiz mamlakat

Yanvar 22, 2026. 14:22 • 57 soniya

246
Shvetsiya OAV: O‘zbekiston sayyohlar uchun qulay va xavfsiz mamlakat

STOKGOLM, 23-yanvar. /“Dunyo” AA/. Shvetsiyaning ommabop “Cawa Media” onlayn platformasida O‘zbekistonning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston — dunyo endigina kashf etishni boshlayotgan yangi sayyohlik yo‘nalishi” sarlavhali maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Materialda O‘zbekiston Buyuk ipak yo‘lining boy tarixiy-madaniy merosini zamonaviy infratuzilmaning faol rivojlanishi bilan uyg‘unlashtirgan istiqbolli turistik yo‘nalish sifatida taqdim etilgan. Jumladan, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi shaharlarga alohida eʼtibor qaratilgan.

Mualliflar O‘zbekistonda turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, viza rejimining soddalashtirilgani, transport tizimi, xususan, “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdining qulayliklari, xavfsizlikning yuqori darajasi va anʼanaviy mehmondo‘stlik haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashgan.

Yakunda O‘zbekiston yevropalik sayyohlar uchun qulay va sayohat qilishga ochiq mamlakat sifatida ularning eʼtiborini tobora ko‘proq tortayotgani taʼkidlangan.

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish