Logo

“Eurasia Magazine”: O‘zbekiston va Turkiyaning ekologik hamkorligi tizimli ravishda kengaymoqda

Yanvar 29, 2026. 10:22 • 2 daq

332
“Eurasia Magazine”: O‘zbekiston va Turkiyaning ekologik hamkorligi tizimli ravishda kengaymoqda

BUDAPESHT, 30-yanvar. /“Dunyo” AA/. Vengriyaning “Eurasia Magazine” jurnalida “O‘zbekiston–Turkiya: atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish” sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolada yozilishicha, O‘zbekiston va Turkiya ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni izchil rivojlantirmoqda. Tajriba almashish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va mutaxassislar malakasini oshirishga alohida eʼtibor qaratmoqda.

“O‘zbekiston Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi vakillari Turkiyada xalqaro tuzilmalar tomonidan tashkil etilayotgan seminarlar, o‘quv kurslari va boshqa tadbirlarda muntazam ishtirok etib kelmoqda. Hamkorlikning bunday formatlari professional aloqalarni mustahkamlash va ekologik boshqaruv sohasidagi ilg‘or yondashuvlarni o‘zlashtirishga yordam beradi”, deya fikr bildirilgan nashrda.

Taʼkidlanishicha, hamkorlikning muhim bosqichlaridan biri Turkiyaning Yaqin Sharq sanoat va savdo markazi (OSTIM) qoshidagi qayta tiklanadigan energiya va ekologiya texnologiyalarini klasterlashtirishga ixtisoslashgan kompaniya delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘ldi.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar atmosfera havosini tozalash tizimlari, suv tozalash inshootlarini qurish, qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish, maishiy va qishloq xo‘jaligi chiqindilarini qayta ishlash bo‘yicha qo‘shma ishlar istiqbollarini muhokama qildi.

“O‘zbekiston va Turkiyaning ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorligi tizimli va ko‘p darajali xususiyatga ega. U texnologik, ilmiy, taʼlim va institutsional yo‘nalishlarni qamrab oladi. Qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish zamonaviy ekologik yechimlarni joriy etish, tabiiy ekotizimlar barqarorligini oshirish va barqaror rivojlanish yo‘lida xalqaro sheriklikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda”, deb yozilgan jurnalda.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish