Logo

"Argumenti i Fakti" gazetasi: O'zbekiston boy tarix, madaniyat va o'z an’analariga ega mamlakat

May 12, 2024. 09:20 • 2 daq

178
"Argumenti i Fakti" gazetasi: O'zbekiston boy tarix, madaniyat va o'z an’analariga ega mamlakat

MOSKVA, 12-may. /"Dunyo" AA/. Rossiyaning yetakchi "Argumenti i Fakti" xaftalik gazetasida O'zbekistonning sayyohlik imkoniyatlariga bag'ishlangan maqola chop etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.



"O'zbekiston turizm uchun eng qiziqarli davlatlardan biri hisoblanadi. Boy tarix, madaniyat va an’analarga ega mamlakat. Qadimiy Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlaridan tortib, Toshkent bozorlarigacha O'zbekiston eski va yangi, an’ana va innovatsiyaning o'ziga xos uyg'unligini taklif etadi", – deyiladi maqolada.

Nashrda O'zbekiston rahbariyati mamlakatning sayyohlik salohiyatini oshirishga katta e’tibor qaratayotgani alohida qayd etilgan.

"Argumenti i Fakti"da bosilgan maqolada, shuningdek, "O'zbekiston-2030" strategiyasida turizmni rivojlantirish bo'yicha belgilagan muhim maqsadlarga e’tibor qaratilgan.

"Xususan, turkompaniya va agentliklarga soliq bo'yicha bir qator yengilliklar berilmoqda. Bu xorijiy sayyohlarga ham katta afzalliklar beradi va O'zbekistonning xalqaro turizm bozoridagi raqobatbardoshligini oshiradi", – deb yozgan muallif

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish