“Avesta” AA: O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Xattotlik maktabi tashkil etildi
Aprel 18, 2026. 20:30 • 2 daq
• 188
DUSHANBE, 29-aprel. /“Dunyo” AA/. Tojikistonning “Avesta” axborot agentligi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi qoshida Xattotlik maktabi tashkil etilgani haqida maqola eʼlon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Agentlikning yozishicha, mazkur Xattotlik maktabi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi arafasida o‘z faoliyatini boshlashi ramziy maʼnoga ega.
Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqovning fikricha, ushbu taʼlim maskani nafaqat xattotlik sanʼati sirlarini yoshlarga o‘rgatish, balki Temuriylar davriga oid noyob qo‘lyozmalarni chuqur tadqiq etish va ularni tiklash bilan ham shug‘ullanadi.
Maqolada xalqaro ekspertlarning fikrlari ham keltirilgan. Mutaxassislar O‘zbekistonning ushbu tashabbusi islom madaniyati durdonalarini asrab-avaylashda muhim qadam sifatida baholanishini alohida taʼkidlagan.
“Avesta”da bayon etilishicha, Xattotlik maktabi faoliyatiga Britaniyaning “Al-Furqan Islamic Heritage Foundation” jamg‘armasi va Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq qilish markazi (IRCICA) kabi nufuzli tashkilotlar ham qiziqish bildirmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi