O'zbekistonda davlat xizmatchilarining korrupsiyaga moyilligini tekshirish amaliyoti joriy etilishi mumkin
Mart 09, 2025. 13:59 • 39 soniya
• 151
OSTONA, 11-mart. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha milliy kengash yig'ilishida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini tanqid qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Kazinform" xalqaro axborot agentligi ma'lumotiga ko'ra, majlis davomida agentlik faqat statistik ma'lumotlar bilan shug'ullanishi va huquqbuzarliklarning oldini olishga e'tibor qaratmasligi ta'kidlangan.
Ma'lum qilinishicha, mamlakatda korrupsiyaga oid jinoyatlarning 75 foizi tuman va mahallalarda kuzatilgan. Shu munosabat bilan, Bosh vazir Abdulla Aripovga 117 ta vazirlik va davlat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha mas'ul mutaxassislarni ishdan bo'shatish bo'yicha topshiriq berildi.
Shuningdek, O'zbekistonda davlat xizmatchilarining korrupsiyaga moyilligini tekshirish amaliyotini joriy etish taklif etildi.
"O'zbekiston yetakchisi sohaga mas'ul bo'lim xodimlari faoliyatini takomillashtirish bo'yicha ko'rsatmalar berdi", – deb yozgan "Kazinform" XAA.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
Kuvayt OAV: O‘zbekiston turistlar uchun jozibali mamlakatga aylanmoqda