Logo

Gretsiya matbuoti O'zbekistonning Orol dengizidagi ekologik halokatni bartaraf etish borasidagi sa'y-harakatlari haqida yozmoqda

Yanvar 26, 2024. 19:02 • 2 daq

135
Gretsiya matbuoti O'zbekistonning Orol dengizidagi ekologik halokatni bartaraf etish borasidagi sa'y-harakatlari haqida yozmoqda

AFINA, 26-yanvar. /"Dunyo" AA/. Gretsiyaning rus tilidagi «Mir i Omonia» gazetasida O'zbekistonning Orol dengizidagi ekologik halokatni bartaraf etish borasidagi sa'y-harakatlari haqida maqola chop etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

«O'zbekistonda Orol dengizi qurigan tubining 1,7 million gektariga o'simliklar ekilgan, - deyiladi maqolada. - Orol dengizi qurigan tubining olti million gektarga yaqin qismi O'zbekiston va qo'shni Qozog'iston yerlariga to'g'ri keladi. Mana bir necha yildirki, bu hududga maxsus texnologiya asosida saksovul va boshqa qum saqlaydigan o'simliklar ekilmoqda».

Maqolada qayd etilishicha, saksovul, tamarisk va boshqa sho'rga chidamli o'simliklar zararli tuzlar va changlarning havoga ko'tarilishiga to'sqinlik qiladi. Shuningdek, ular tuproqdan ortiqcha tuzni tortib oladi hamda dehqonlarning foydalanishiga yaroqli holga keltiradi.

Gazetada yozilishicha, 2020-yil oktyabr oyida Oliy Majlis Senati tarkibida Orolbo'yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya bo'yicha yangi qo'mita tashkil etildi.

«Mustaqillik yillarida O'zbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga doir 30 dan ortiq qonun va 150 dan ortiq me'yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Bundan tashqari, 15 ta xalqaro konvensiya, bayonnomalar va boshqa hujjatlar imzolanib, ratifikatsiya qilindi», - deyiladi «Mir i Omonia» gazetasida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish