O'zbekiston va Polsha universitetlari o'rtasida akademik hamkorlik yo'lga qo'yiladi
Iyun 01, 2024. 10:23 • 33 soniya
• 481
VARSHAVA, 1-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi xodimlari Varshava universiteti rektori, Polsha Akademik sport assotsiatsiyasi prezidenti Aloyzi Novak bilan uchrashuv o'tkazdilar, deb xabar bermoqda "Dunyo"AA muxbiri.

Uchrashuvda O'zbekiston Oliy o'quv yurtlari va Varshava universiteti o'rtasida akademik hamkorlikni rivojlantirish, O'zbekiston fuqarolarini grant asosida o'qitish, universitet negizida professor-o'qituvchilar tarkibi stajirovkalarini tashkil etish masalalari muhokama qilingan.
Muzokaralar natijasida Varshava universiteti delegatsiyasining O'zbekistonga safarini tashkil etish hamda ta'lim, madaniyat va sport sohasida qo'shma tadbirlar o'tkazish borasida kelishuvga erishildi.
Varshava universiteti "QS World University Rankings" — dunyodagi eng yaxshi universitetlar reytingida 262-o'rinda qayd etilgan va Polshada eng nufuzli oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Berlinda "O'zbekiston-Germaniya universitetlari birinchi forumi" o'tkazildi
O'zDJTU delegatsiyasi Agradagi universitetga tashrif buyurdi
Farg'ona viloyati maktab o'qituvchilari Yaponiya ta'lim tajribasini o'rgandi