Logo

Poytaxtimizda Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi o'tkaziladi

May 05, 2025. 17:38 • 25 soniya

118
Poytaxtimizda Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi o'tkaziladi

TOSHKENT, 5-may. "Dunyo" AA/. Shu yilning 7-13-may kunlari Toshkent shahrida Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi bo'lib o'tadi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri

Bu haqda O'zbekiston maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'zining telegram kanalida ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, unda Turkiya, Ozarbayjon, Belarus, Malayziya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston jamoalaridan 202 nafar ishtirokchi qatnashadi.

III Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi ilk marotaba 2 ta fan – matematika va informatikadan tashkil etilmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish