Logo

Shvetsiyada ham O'zbekiston davlat bayrog'i kuni nishonlandi

Noyabr 19, 2023. 12:10 • 2 daq

302
Shvetsiyada ham O'zbekiston davlat bayrog'i kuni nishonlandi

STOKGOLM, 19-noyabr. /"Dunyo" AA/. Kecha mamlakatimizning Stokgolmdagi elchixonasi tashabbuskorligida Shvetsiyada istiqomat qilayotgan faol vatandoshlar ishtirokida O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kun nishonlandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ushbu muhim sana munosabati bilan Stokgolm shahrining markaziy ko'chalari bo'ylab avtotransport vositalari O'zbekiston bayrog'i bilan harakatlandi.


Mazkur aksiya Shvetsiya fuqarolari tomonidan juda iliq kutib olindi, vatandoshlarimizning davlatimiz ramziga bo'lgan mehri olqishlandi.


Shuningdek, Shvetsiyada yashab kelayotgan yurtdoshlarimiz bayram tabriklarini izhor etishar ekan, o'zida milliy qadriyatlarimiz, tinchlik va ahillikni mujassamlashtirgan bayrog'imizni Stokgolm ko'chalari bo'ylab olib yurish aksiyasini faol qo'llab-quvvatlashdi.


Uzoq yillardan buyon Shvetsiyaning eng nufuzli oliy o'quv yurtlaridan biri – Lund universitetida faoliyat yuritib kelayotgan professor Rustam O'rinboyev barcha vatandoshlarimizni ushbu muhim sana bilan qutlar ekan, davlatimiz bayrog'i dunyoning hamma burchagida hamisha mag'rur hilpirab turishini tiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish