Qozog'istonning Turkiston shahridagi Amir Temur nomidagi maktabga o'zbek tilidagi adabiyotlar topshirildi
May 11, 2025. 11:25 • 36 soniya
• 119
OLMAOTA, 11-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Qozog'istonning Turkiston viloyati Turkiston shahridagi Amir Temur nomidagi maktabning 60 yillik yubileyi tadbirlarida ishtirok etishdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur tadbir doirasida maktab tarixiga bag'ishlangan muzeyning ochish marosimi bo'lib o'tdi. Muzeydan Amir Temur taxti modeli, buyuk ajdodimiz Ahmad Yassaviy maqbarasini qurdirish jarayonidan lavhalar, "Temur tuzuklari"dan iqtiboslar keltirilgan materiallar o'rin olgan.
O'zbekiston Bosh konsulxona va "Vatandoshlar" jamoat fondi tomonidan ushbu maktab jamoasiga o'zbek tilidagi adabiyotlar va milliy kiyimlar topshirildi.
Maktab rahbariyati o'zbek tilidagi o'quv adabiyotlari uchun minnatdorlik bildirdi.
Maktab o'quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, jumladan, ijro etilgan o'zbek milliy kuy qo'shiqlari yig'ilganlar tomonidan qizg'in qarshi olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Ayollarning davlat boshqaruvidagi rolini oshirish bo'yicha konferensiya tashkil etildi