O'zbekiston Musulmonlari idorasi raisining muqaddas Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan yo'llagan tabrigi Misr OAV diqqat markazida

Mart 14, 2024. 18:24 • 2 daq

228
O'zbekiston Musulmonlari idorasi raisining muqaddas Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan yo'llagan tabrigi Misr OAV diqqat markazida

QOHIRA, 17-mart. /"Dunyo" AA/. Misrning "Al-Xabar al-Yaum", "Al-Muvatin" va "Al-Diplomasi" singari yetakchi ommaviy axborot vositalari O'zbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining muqaddas Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan islom olamiga yo'llagan tabrigini e'lon qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Islom ummati uchun ezgulik va baraka oyi, ilohiy inoyat va ilohiy ne'matlarga boy muborak Ramazon oyi kirib keldi. Bu yaxshi xulq-atvorga ega bo'lish va ezgu odob-axloq qoidalariga amal qilish imkoniyatidir. Ramazon – Alloh taoloning rahm-shafqati va mag'firat oyi, odamlar o'rtasida kechirimlilik, bag'rikenglik va saxovat oyidir", – deya qayd etilgan manbalarda

Tabrikda, shuningdek, Ramazon oyi Alloh taoloning savob amallarni ko'paytiradigan, gunoh va xatolarni kechiradigan palla ekanligi ta'kidlangan.

"Shu munosabat bilan shaxsan o'z nomimdan va O'zbekiston musulmonlari – Imom Buxoriy yurti, barcha musulmon birodarlarimiz nomidan muqaddas Ramazon oyi kirib kelishi bilan tabriklayman", – deyiladi Misr OAV tarqatgan maqolada.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish