Logo

30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan o'tkazilgan tadbir vatandosh talabalarni faollikka undadi

Iyun 20, 2025. 17:21 • 50 soniya

51
30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan o'tkazilgan tadbir vatandosh talabalarni faollikka undadi

OQTOV, 20-iyun. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi hamkorligida, Qozog'istonning Oqtov shahrida 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan ma'rifiy tadbir o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbirda Sh.Yesenov nomidagi Kaspiy texnologiya va injiniring universitetida ta'lim olayotgan o'zbekistonlik talabalar hamda Mang'istau viloyatidagi "Paxtakor" o'zbek etno-madaniy birlashmasi vakillari ishtirok etdi.

Bosh konsulxona xodimlari o'z chiqishlarida ishtirokchilarga Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, ta'lim, yoshlarga qaratilgan e'tibor, iqtidorli yoshlarning turli sohalardagi tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash va ularning salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan sa'y harakatlar haqida batafsil so'zlab berdilar.

O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi vakili Dilfuza Yulliyeva o'zining qutlov nutqida mamlakatimiz hukumati tomonidan xorijda o'qiyotgan hamyurtlarimizni har tomonlama qo'llab-quvvatlash bo'yicha amalga  oshirilayotgan ishlarga to'xtalib o'tdi.

 Uchrashuvda Oqtov shahridagi oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarni birlashtirish maqsadida O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi koordinatori saylandi.

Bundan tashqari, tadbir doirasida O'zbekiston milliy merosi va adabiyotiga oid ko'rgazma tashkil etildi.

Bo'lib o'tgan muloqot so'nggida faol vatandosh-talabalarga Bosh konsulxona va Assotsiatsiya nomidan esdalik sovg'alari topshirildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish