Logo

O'zbekiston va Bolgariya yetakchilari ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochishga mushtarak intilishning ifodasi sifatida Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdilar

Iyun 10, 2025. 15:50 • 23 soniya

49
O'zbekiston va Bolgariya yetakchilari ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochishga mushtarak intilishning ifodasi sifatida Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdilar

TOSHKENT, 10-iyun. /"Dunyo" AA/. Oliy darajadagi muzokaralar yakunida Ko'ksaroy qarorgohida daraxt ekish marosimi bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Rumen Radev xalqlarimiz do'stligi va hamkorligi, ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochishga mushtarak intilishning ifodasi sifatida Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish