Logo

O'zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Rossiyaga keldi

Fevral 21, 2024. 18:07 • 50 soniya

122
O'zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Rossiyaga keldi

TOSHKENT, 21-fevral. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun amaliy tashrif bilan Qozon shahriga keldi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, Abdulla To'qay nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarini Tatariston Bosh vaziri Aleksey Pesoshin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, O'zbekiston Prezidenti Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara o'tkazadi.

So'ng yetakchilar 21-fevral – 3-mart kunlari Qozonda o'tkaziladigan "Kelajak o'yinlari" birinchi xalqaro multisport musobaqalarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish