O'zbekiston Prezidenti Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o'rinbosarini qabul qildi
Iyun 10, 2025. 20:52 • 41 soniya
• 86
TOSHKENT, 10-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o'rinbosari Nokerguli Ataguliyevni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, echrashuv avvalida yuqori martabali mehmon O'zbekiston Prezidentiga Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
O'zbekiston bilan Turkmaniston o'rtasidagi do'stlik, yaxshi qo'shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yana-da rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari ko'rib chiqildi.
Savdo-iqtisodiyot, transport-kommunikatsiya, energetika, suv xo'jaligi sohalarida keng ko'lamli hamkorlikning yangi kun tartibini shakllantirish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiyani kuchaytirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Bo'lajak Hududlar forumi hamda qator qo'shma ishbilarmonlik va madaniy tadbirlarga puxta tayyorgarlik ko'rish muhim ekani ta'kidlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti Yaponiyadagi vatandoshlar bilan muloqot qildi
O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga keldi