Logo

O'zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Qirg'iziston Prezidenti bilan uchrashdi

Noyabr 15, 2025. 16:11 • 54 soniya

206
O'zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Qirg'iziston Prezidenti bilan uchrashdi

TOSHKENT, 15-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Qirg'iziston Prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, oliy darajadagi kelishuvlarning ijrosi, birinchi navbatda, tovar ayirboshlashni ko'paytirish, sanoat, transport, energetika va infratuzilma sohalaridagi muhim kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish choralari ko'rib chiqildi.

Faol hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvlarni davom ettirish muhimligi ta'kidlandi.

Prezidentlar mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish