O'zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Tojikiston Prezidenti bilan uchrashuv o'tkazdi
Noyabr 15, 2025. 16:44 • 1 daq
• 141
TOSHKENT, 15-noyabr. /"Dunyo" AA/. Ko'ksaroy qarorgohida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, yetakchilar O'zbekiston – Tojikiston do'stlik, yaxshi qo'shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.
O'zaro savdoni ko'paytirish bo'yicha muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar ko'rish, sanoat, energetika, qishloq xo'jaligi hamda boshqa ustuvor sohalarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida e'tibor qaratildi.
Faol madaniy-gumanitar almashinuvlar va samarali hududlararo aloqalarni davom ettirish muhimligi ta'kidlandi.
Shuningdek, Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi