Turkmaniston Prezidentining O'zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi
Noyabr 17, 2025. 16:45 • 2 daq
• 168
TOSHKENT, 17-noyabr /"Dunyo" AA/. Bugun samarali O'zbekiston – Turkmaniston sammiti yakunlandi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov tor va kengaytirilgan tarkibda muzokara o'tkazib, O'zbekiston – Turkmaniston do'stlik, yaxshi qo'shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.
Davlat rahbarlari ishtirokida "Shovot-Toshhovuz" qo'shma chegaraoldi savdo zonasi ishga tushirildi.
Mamlakatimiz yetakchisi Prezident Serdar Berdimuhamedovga "Oliy Darajali Do'stlik" ordenini tantanali ravishda topshirdi.
Prezidentlar Qo'shma bayonotni imzolab, ommaviy axborot vositalari vakillariga muzokaralar yakunlari to'g'risida so'zlab berdilar.
Turkmaniston Prezidenti Toshkentga tashrifi doirasida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida ham ishtirok etdi.
Tashrif tadbirlari yakunlangach, Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezident Serdar Berdimuhamedovni "Toshkent-Xumo" xalqaro aeroportida kuzatib qo'ydi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi