Logo

O‘zbek sahnasida qadimiy yapon sanʼati namoyish qilindi

Mart 02, 2026. 15:47 • 2 daq

748
O‘zbek sahnasida qadimiy yapon sanʼati namoyish qilindi

TOSHKENT, 2-mart. /“Dunyo” AA/. Poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida Yaponiya anʼanaviy sanʼati – Kagura marosim konserti bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbir O‘zbekiston Madaniyat vazirligi va Yaponiyaning Kitaxiroshima shahri hokimiyati hamkorligida tashkil etildi.

Kagura – yapon xalqining qadimiy, turli diniy marosimlarda o‘tkaziladigan sanʼat turi bo‘lib, u ramziy obrazlar, afsonaviy qahramonlar va milliy timsollarni raqs va musiqa orqali namoyish etadi.

Konsertda ishtirokchilar rang-barang niqoblar, urf-odatlarga xos liboslar va jonli musiqa ohanglaridan bahramand bo‘ldi. Spektaklda tarixiy va afsonaviy hikoyalar turli obraz va voqea-hodisalar orqali ochib berildi. Hikoyalar orqali yapon xalqining qadimiy urf-odatlar va tabiatga nisbatan munosabati namoyish qilindi.

Tadbirda Kitohiroshima shahar hokimi Xiroshi Mino fikr bildirib, ushbu konsertning Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy va do‘stlik aloqalarini yana-da mustahkamlashdagi o‘rni xususida to‘xtalib o‘tdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish