Logo

S&P Global Ratings" xalqaro agentligi O'zbekistonning suveren kredit reytingi prognozini yaxshiladi

May 25, 2025. 10:47 • 43 soniya

693
S&P Global Ratings" xalqaro agentligi O'zbekistonning suveren kredit reytingi prognozini yaxshiladi

TOSHKENT, 25-may. /"Dunyo" AA/. "S&P Global Ratings" xalqaro agentligi O'zbekistonning suveren kredit reytingi prognozini "barqaror" darajadan "ijobiy" darajaga yaxshiladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Bunday baho jahon moliya hamjamiyatining O'zbekistonda Prezident rahbarligida olib borilayotgan islohotlarga bo'lgan ishonchi ortib borayotganidan dalolat beradi hamda tanlangan yo'l to'g'riligini ko'rsatadi, – deb yozdi O'zbekiston Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva o'zining telegram kanalida. – Davlatimiz rahbarining sa'y-harakatlari tufayli mamlakatimiz xorijiy investorlar uchun yanada jozibador bo'ldi, bu esa iqtisodiy o'sishga xizmat qilmoqda va fuqarolar hayot sifati yaxshilanishiga bevosita ta'sir ko'rsatmoqda.

Mamlakatimizning Suveren kredit reytingini oshirish bo'yicha ishchi guruh rahbari sifatida men har qanday natijani nafaqat saqlab qolish, balki yanada yaxshilash zarur ekanini chuqur his qilaman. Shu ma'noda, barcha manfaatdor tomonlarning hamkorligi va kompleks yondashuvini talab qiladigan katta ishlar hali oldinda".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish