Logo

Saudiya Arabistonida mushkul ahvolda qolgan ikki nafar vatandoshimiz O'zbekistonga qaytarildi

Sentabr 07, 2025. 10:54 • 24 soniya

82
Saudiya Arabistonida mushkul ahvolda qolgan ikki nafar vatandoshimiz O'zbekistonga qaytarildi

MAKKA, 7-sentabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Jiddadagi Bosh konsulxonasi xodimlari ko'magida Makka shahridagi deportatsiya markazida saqlanayotgan ikki nafar vatandoshimizning yurtimizga qaytishi ta'minlandi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Bosh konsulxona xodimlari hamyurtlarimiz bilan muntazam aloqada bo'lib, ularga tibbiy yordam, oziq-ovqat, dori-darmon va moddiy yordam ko'rsatdi.

Diplomatlar mahalliy hokimiyat va deportatsiya markazi bilan hamkorlikda vatandoshlarimizni O'zbekistonga qaytarish masalasini ijobiy hal qildi.

Ikki nafar yurtdoshimiz 3-sentabr kuni "Jazeera Airways" aviakompaniyasi samolyotida Toshkentga yetib keldi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish