Logo

Rossiyaning Novosibirsk shahrida mushkul ahvolda qolgan 8 nafar hamyurtimiz O'zbekistonga olib kelindi

Avgust 22, 2025. 14:52 • 25 soniya

105
Rossiyaning Novosibirsk shahrida mushkul ahvolda qolgan 8 nafar hamyurtimiz O'zbekistonga olib kelindi

NOVOSIBIRSK, 22-avgust. /"Dunyo" AA/. Rossiyaning Novosibirsk shahrida og'ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan 8 nafar hamyurtimiz O'zbekistonga qaytarildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur insonparvarlik ko'magi yurtimizda 30-iyuldan 30-avgustgacha e'lon qilingan "Vantanga qaytarish" tadbiri doirasida O'zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi vakolatxonasi tomonidan amalga oshirildi.

Bosh konsulxona va Migratsiya agentligi vakolatxonasi ko'magida yurtdoshlarimiz uchun aviachiptalar xarid qilindi.

Ular joriy yilning 20-avgust kuni "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasining "Novosibirsk-Toshkent" reysi bilan O'zbekistonga kuzatib qo'yildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish