Rossiyaning Yekaterinburg shahrida mushkul ahvolda qolgan yurtdoshlarimiz O'zbekistonga qaytarildi
May 06, 2025. 09:33 • 47 soniya
• 264
YEKATERINBURG, 6-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari ko'magida Rossiyaning Yekaterinburg shahrida mushkul ahvolda qolgan vatandoshlarimiz doimiy yashash manziliga qaytarildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston Bosh konsulxonadan olingan ma'lumotga ko'ra, hamyurtimiz S.L. Yekaterinburg shahriga turmush o'rtog'i bilan vaqtincha ishlash maqsadida kelgan qizi M.O.ning tug'ruqxona bilan bog'liq muammolarini hal qilish berishni so'rab murojaat qilgan.
Bosh konsulxona huzuridagi "Ayollar kengashi" raisi mazkur murojaatni har tomonlama o'rganib chiqdi. Ma'lum bo'lishicha M.O. Yekaterinburg shahrida turmush o'rtog'i, onasi va voyaga yetmagan farzandi bilan yashab kelgan. Turmush o'rtog'i oilaviy kelishmovchilik sabab ularni tashlab ketgan.
Mahalliy shifokorlar bilan olib borilgan maslahatlar natijasida bo'lg'usi onaning homilasiga va O'zbekistonga qaytishi uchun tahdidlar yo'qligi ma'lum bo'ldi.
Bosh konsulxona xodimlari va Sverdlovsk viloyatidagi faol vatandoshlar ko'magida hamyurtlarimizning doimiy yashash manziliga yetib olishi uchun "Yekaterinburg-Toshkent" yo'nalishidagi samolyotga chipta xarid qilib berildi.
O'zbekiston diplomatlari mazkur oilani 3 may kuni Yekaterinburg shahridagi "Kolsovo" xalqaro aeroportidan Toshkent shahriga kuzatib qo'yishdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Karachida og'ir vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz holidan xabar olindi
Malayziyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga