Polsha hududida mushkul ahvolda qolgan uch nafar hamyurtimiz O'zbekistonga olib kelindi
Avgust 15, 2025. 15:53 • 34 soniya
• 165
VARSHAVA, 15-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi Migratsiya agentligi bilan birgalikda mamlakatimizda e'lon qilingan "Vatanga qaytarish" insonparvarlik aksiyasi doirasida Polshada mushkul ahvolga tushib qolgan vatandoshlarimizni yurtimizga qaytishlarini ta'minlandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Elchixona va faol vatandoshlar ko'magi bilan Toshkent shahrida tug'ilgan D.A. va uning onasi S.A. xorijdagi davolanish jarayonidan so'ng xavfsiz holda O'zbekistonga yetib oldilar.
Shuningdek, ushbu aksiya doirasida telegram messenjeridagi yolg'on va'dalarga ishonib aldangan va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini yo'qotgan Toshkent viloyatida tug'ilgan 21 yoshli O.K. ham Vatanga qaytarildi.
O'zbekistonga qaytgach, ularga tegishli davlat idoralari va jamoat tashkilotlari tomonidan psixologik va huquqiy ko'mak ko'rsatilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi