O'zbekiston Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo'yicha qo'mitasi raisi Ozarbayjondagi vatandoshlar bilan uchrashdi
May 26, 2025. 13:00 • 48 soniya
• 149
BOKU, 27-may. /"Dunyo" AA/. Yurtimizning Ozarbayjondagi elchixonasi ko'magida O'zbekiston Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo'yicha qo'mitasi raisi Qahramon Sariyevning Ozarbayjondagi vatandoshlar bilan uchrashuvi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbir davomida Qahramon Sariyev O'zbekistonda turli sohalarda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar, jumladan, xorijdagi vatandoshlarni himoya qilish va qo'llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlar haqida batafsil so'zlab berdi.
Shuningdek, O'zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan "Vatandoshlar" jamoat fondi tashkil etilgani, uning maqsad va vazifalari to'g'risida ham ta'kidlandi. Qayd etilganidek, ushbu fond xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni rivojlantirish, ularning huquq va erkinliklarini ta'minlash, shuningdek, migratsiya siyosatini takomillashtirish, xususan, xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O'zbekiston fuqarolarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Uchrashuvda so'zga chiqqan Ozarbayjondagi yurtdoshlarimiz O'zbekistonda turli sohalarda erishilayotgan yutuqlarini yuksak baholadilar. Shuningdek, ular milliy madaniyatimizni targ'ib qilish, O'zbekiston va Ozarbayjon o'rtasidagi do'stona munosabatlarni rivojlantirishga hissa qo'shishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Britaniyada o‘zbek talabalari o‘rtasida “Zakovat-Gambit” shaxmat turniri o‘tkazildi
Og‘ir ahvolga tushib qolgan hamyurtlar vatanga qaytarildi
O‘zbekistonlik talaba xalqaro tanlov sovrindori bo‘ldi
Italiyada ilk bor “Zakovat” intellektual musobaqasi o‘tkazildi
Turkiyadagi yurtdoshlarimiz holidan xabar olindi